Suriya masalasiga doir Ostona sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi
![Suriya masalasiga doir Ostona sammiti sanasi ma’lum bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_3371202961.jpg)
Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi poytaxtda Suriya masalasiga doir 9-Ostona sammiti shu yil 14-15-may kunlari o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Yig‘ilishda Rossiya, Turkiya va Eron vakillari qatnashadi. Yig‘ilishda kuzatuvchi davlat sifatida AQSh hamda Urdun (Iordaniya) taklif etildi.
Qozog‘istonda Suriya masalasiga doir 8-yig‘ilish 2017-yil 21-22-dekabr kunlari o‘tkazilgan, asirga olinganlarni ozod qilish hamda minalarni zararsizlantirish mavzularida bir qarorga kelingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter