Sun’iy intellekt Vashingtonni «portlatish»ga yordam berdi (video)
Olimlar yadroviy portlash yirik shaharlarga qanchalik zarar yetkazishini aniqlash maqsadida Vashington shahri modelini uning fuqarolari bilan birgalikda yaratdi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Sun’iy intellekt olimlarga olovli sharning tarqalishini va halokat zonalarini aniqlashda, shuningdek, odamlarning kun davomida shahar bo‘ylab harakatlanishi, binolar yoki jamoat transportlarining to‘lib ketishi kabi omillarni hisobga olishga yordam berdi.
«Virginia Tech» guruhi avval tahlil o‘tkazdi, so‘ngra haqiqiy shaharni uning uchidagi mobil minoralari va elektr ta’minot tarmoqlariga qadar yaratdi. Simulyasiyaning yakuniy xulosasi mutaxassislarga favqulodda vaziyatlarda qanday qilib tezkorlik bilan harakat qilish borasida yordam beradi.
Alohida personajlarning harakatlarini inobatga olgan holda guruhlarning xatti-harakatlarini aniqlaydigan modellashtirilgan dastur ustida olimlar o‘n yillardan buyon ish olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter