Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellekt sohasidagi startaplar maxsus platforma orqali moliyalashtiriladi

Sun’iy intellekt sohasidagi startaplar maxsus platforma orqali moliyalashtiriladi

Hukumatning tegishli qarori loyihasiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan sun’iy intellekt sohasidagi startaplarni maxsus platforma orqali ommaviy moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

Bunda, sun’iy intellekt sohasidagi startap loyihalarni kraudfanding platformasi orqali ommaviy moliyalashtirish talabgor va donorlarning kraudfanding platformasida elektron ro‘yxatdan o‘tishi, talabgor va donor o‘rtasida oferta shartnomasini imzolash orqali amalga oshiriladi.

Loyihalarni ro‘yxatga olish va shartnoma imzolash elektron shaklda bajariladi va operator tomonidan nazorat qilinadi.

Qayd etilishicha, loyihani moliyalashtirish uchun mablag‘lar yig‘ish muddati 60 kalendar kunidan kam va 150 kalendar kunidan ko‘p bo‘lmasligi shart.

Ta’kidlanishicha, talabgor tomonidan barcha ma’lumot va hujjatlar taqdim qilinganidan so‘ng operator sun’iy intellekt sohasidagi startap loyihani 5 ish kuni muddatida tegishlicha ekspertizadan o‘tkazadi va tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring