Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sug‘orish quduqlarini qazishga 40 milliard so‘m ajratiladi

Sug‘orish quduqlarini qazishga 40 milliard so‘m ajratiladi

Foto:«Gazeta.uz»

2019–2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish uchun sug‘orish quduqlarini qazishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Qaror bilan 2019–2020-yillarda suv ta’minoti og‘ir, iste’molga yaroqli suv zaxiralari yetarli bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlaridagi aholi tomorqalariga suv yetkazib berish maqsadida sug‘orish quduqlarini qazish dasturi va uni amalga oshirish uchun O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratiladigan imtiyozli kredit resurslari tasdiqlandi.

Dastur doirasida jami 85 ta tumanda 40 mlrd. so‘m, shundan: 2019-yilda – 23 mlrd. 173 mln. 100 ming, 2020-yilda – 16 mlrd. 826 mln. 900 ming so‘m miqdorida kredit ajratilishi nazarda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring