Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash imtihonlari onlayn yoritib boriladi — Prezident farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonga imzo chekkani xabari berilgandi.
Farmonga muvofiq, 2021-yil 1-fevraldan boshlab, ilk bor sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash bo‘yicha imtihon jarayonlarini Internet tarmog‘i (veb-sayt) orqali onlayn tarzda yoritib borishni yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, sud tizimida korrupsiya holatlarining oldini olish, Sudyalar oliy kengashi va sud tizimi faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida sudyalik lavozimiga nomzodlar va sudyalarning psixologik portreti bo‘yicha kasbga munosibligini baholashga ko‘maklashuvchi elektron dastur joriy etiladi.
Bundan tashqari farmonda sudya faoliyatining samaradorligini elektron reyting orqali ochiq va shaffof baholashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter