Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalarning maoshi oshdi

Sudyalarning maoshi oshdi

Foto: «Xabar.uz»

«Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni e’lon qilindi. Farmon matni «O‘zA»da e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2018-yil 1-avgustdan boshlab:

  • Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra sudlar, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi sudyalari va apparatlari xodimlari, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llaniladi;
  • malaka darajasi va mansab darajasiga ega bo‘lganlarga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanadi;
  • ko‘p yillik xizmatlari uchun, lavozim maoshlariga (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) ustamalar hamda malaka darajasi va mansab darajasi uchun qo‘shimcha haq miqdorlari adliya organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtiriladi.

Ushbu bandning amal qilishi davlat organlari va tashkilotlaridagi lavozimlarga belgilangan tartibda, shu jumladan, ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan, shuningdek, sudyalik malaka darajalariga ega sudyalarga ushbu davlat organlari va tashkilotlarida nazarda tutilgan barcha ustamalar va qo‘shimcha haqlarni saqlab qolgan holda tatbiq etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring