Sudyalar qasamyod qildi
Bugun, 16-may kuni O‘zbekiston Oliy sudi plenumining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan holda Sudyalar oliy kengashining qaroriga muvofiq birinchi marta lavozimga tayinlangan jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlar sudyalarining qasamyod qilish marosimi o‘tkazildi.
Shuningdek, Sudyalar oliy kengashining 2018-yil 8-maydagi qarori bilan ilk bor besh yil muddatga sudyalik lavozimiga tayinlangan 19 nafar sudyaning qasamyodi eshitildi.
Sudyalar o‘z vazifalariga kirishishlari munosabati bilan qasamyod qilish orqali zimmalariga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishini ifoda etdi.
Qasamyod qilgan sudyalarga guvohnoma va «Sudyalar odob-axloqi qoidalari» kitobi topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter