Sudyalar Oliy maktabida ikki kunlik seminar-trening boshlandi
![Sudyalar Oliy maktabida ikki kunlik seminar-trening boshlandi](https://static.xabaruz.com/crop/8/6/720_460_95_864728761.jpg)
Bugun, 3-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining tashabbusi bilan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Markaziy Osiyo mintaqaviy bo‘linmasi, Xalqaro yuristlar komissiyasi hamkorligida «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq sohasidagi xalqaro standartlar» mavzusida ikki kunlik xalqaro seminar-trening boshlandi.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/14/720__eE5vvd1ZaFIOQKQU5ADFxFL35BqSOdQH.jpg)
Mazkur treningdan asosiy maqsad sudyalar, advokatlar, prokurorlar, huquqshunos olimlar va boshqa fuqarolik jamiyati vakillarining sohadagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash va xorijiy hamkasblar tajribalaridan foydalangan holda milliy amaliyotni yanada boyitishdir.
Xalqaro seminar-trening to‘rt moduldan iborat bo‘lib, kun tartibiga binoan ikkita yangi zamonaviy interfaol modul asosida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajriba va amaliyotlari yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladi.
![](https://static.xabaruz.com/uploads/14/720__dY4Si8NktF0x1LjBFO-bO2X4VkqrMx0O.jpg)
Ikki kunga mo‘ljallangan seminar-trening ishida Yevropa ittifoqi va BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xalqaro ekspertlari, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan huquqiy tashkilotlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud vakillari hamda Yuridik universiteti professor o‘qituvchilari va amaliyotchi talabalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter