Sud «Nukus voqealari» ishtirokchilarining yana bir guruhiga hukm o‘qiydi
Joriy yil 17-mart kuni soat 10:00 da Buxoro viloyat sudi binosida 2022-yil 1-2-iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan yana bir – 39 kishidan iborat sudlanuvchilarga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori e’lon qilinadi.
Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu sud ishi joriy yil 6-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi D. Razov raisligida boshlangan edi.
Ushbu jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter