Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi» – Rasul Kusherbayev

«Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi» – Rasul Kusherbayev

Foto: Kun.uz

Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Bunyodkor» mahallasida 7 gektardan ortiqroq maydonda qad rostlagan 47ta xonadon buzilishga tushgani, 28-aprel kuni uylarning bir qismi yaroqsiz holga keltirilganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Bu gal fuqarolarga qonuniy berilgan yerlarni noqonuniyga chiqarib, sud qarorisiz o‘zboshimcha buzib tashlash holati.

Sud ham, jazolovchi ham, ijrochi buzuvchi ham bitta. Qonunlarning ahvolini ko‘r.

Buni ikkiyuzlamachilik deyishadi.

Ammo bir gap: men bilgan davlat lafzini buzmaydi, faqat yaxshi ko‘rinaman, orden olaman deb, odamlar manfaatidan ko‘z yumadiganlar buzadi.

Alamlisi, fuqarolar niqobsiz yurgani yoki bir IIB xodimining hujjatingni ko‘rsat, degan talabini bajarmagani uchun, kerak bo‘lsa qamalayapti, lekin fuqaro peshona teri bilan qurgan bino zo‘rlik bilan, sudsiz buzilsa ham, shunday yondoshuv bo‘lish o‘rniga, yo‘q joydan yana fuqaro aybdor bo‘lib chiqayapti: qonunbuzar, o‘zboshimcha, dangasa... Mana bu haqiqiy adolatsizlik.

Qoyil, biz mana shunday jamiyatda yashayapmiz va unda mas’ullarimiz inson huquqlarini barcha narsadan ustun qo‘yishadi!

Xullas, oddiy fuqarolarga xos mardlik va xolislik yetishmayapti mas’ullarimizda», deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Shuningdek, u qo‘shimcha qiladi: «Xalqni chalg‘itayapti, asossiz populistlik qilayapti, bundan uning shaxsiy manfaati bor, degan gaplar chiqib qolsa rozi bo‘linglar! Rostanam shaxsiy manfaatim bor – o‘tkinchi hayotda ozgina bo‘lsa ham odamlar ishonchini oqlash» – deydi deputat.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun hodisa joyidan tayyorlangan ushbu reportaj bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring