Stradivarining skripkasi 11,25 mln dollarga sotildi

Antonio Stradivari tomonidan 1714-yilda yasalgan skripka Nyu-York auksionida 11,25 mln dollarga sotildi, deb xabar berdi The Guardian.
Stradivarining bu skripkasi musiqa sozlari o‘rtasida yangi rekord o‘rnatishi kutilayotgandi, biroq 2011-yilda 15,6 mln dollarga sotilgan Lady Blunt (Antonio Stradivari tomonidan 1721-yilda yasalgan) skripkasi qayd etgan natija o‘zgarishsiz qoldi.
Sotheby’s kimoshdi savdolar uyi «ohanglar durdonasi» deya ta’riflagan 311 yillik skripka qachonlardir buyuk bastakor Iohannes Bramsning yaqin do‘sti — vengriyalik taniqli skripkachi Yojef Yoaximga tegishli bo‘lgan.
2015-yilda skripkaning so‘nggi egasi — sobiq talaba Si-Xon Maning vafotidan so‘ng musiqa sozi Yangi Angliya konservatoriyasiga sovg‘a qilinadi. Faqat bir sharti bor edi: skripka sotuvga qo‘yilib, tushgan pullar musiqa sohasidagi stipendiyalariga ajratiladi.
Italiyalik afsonaviy usta Antonio Stradivari va uning oilasi tomonidan XVII-XVIII asrlarda yasalgan skripkalardan taxminan 600 tasi hozirgacha yetib kelgan. Ularning aksariyati xususiy jamg‘armalarda saqlanmoqda. O‘zaro oldi-berdilarda Stradivari skripkalari 20 milliondan dollardan sotilgani haqida xabarlar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter