Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Startap tashabbuslari»: beshinchi davr yangi formatda ishga tushmoqda

«Startap tashabbuslari»: beshinchi davr yangi formatda ishga tushmoqda

Davom etayotgan pandemiya odamlar va tashkilotlar hayotining barcha sohalariga ta’sir etib o‘zgarishlarni tezlashtirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Pandemiya davrida odamlar hayotida, odatlari va istaklarida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Va bu o‘z navbatida boshqa sohalarga ta’sir ko‘rsatmoqda. Pandemiya oqibatlarini yumshatish uchun bizning taklifimiz — «Startap tashabbuslari».

Texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni rivojlantirishda startaplar hayotiy muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida innovatsion tadbirkorlik (startaplar) haqli ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlanish yilida pandemiya tufayli «Startap tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash dasturi birinchi marta to‘liq onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot va raqamlashtirish sari amaliy qadamdir.

Pandemiya jiddiy ta’sir ko‘rsatadigan sohalardan biri bu bandlik sohasi bo‘lib, hozirgi iqtisodiy munosabatlar qayta shakllanayotgan bir paytda iqtisodiyot tiklanishi bilan ba’zi ish o‘rinlari yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Shu sababli bu yil «Startap tashabbuslari» dasturi yangi iqtisodiy voqeliklar va biznesning transformatsiyasi uchun fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish orqali bilim almashadigan, mutaxassislar va texnologik loyihalar tayyorlaydigan maydoniga aylanadi.

Pandemiya davrida o‘zgarayotgan muhit va iste’molchilarning ixtiyorlari korxona va tashkilotlarning biznes jarayonlari va infratuzilmasiga jiddiy talablar qo‘ymoqda va o‘z faoliyatlarini saqlab qolish uchun xarajatlarni yanada kamaytirishga va yangi ish usullarini izlashga majbur qilmoqda. Yangi texnologiyalar va ishlanmalarga talabni o‘rganish shaklida aks aloqa o‘rnatish orqali dastur korxona va tashkilotlarga xarajatlarni kamaytirishga, asosiy biznes jarayonlarini raqamlashtirishga va muammolarni hal qilish uchun iqtidorlarni kashf qilishga yordam berishni rejalashtirmoqda.

Joriy yilda dastur o‘z ishini Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda etadi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-park) hamda ularning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.

Respublikaning barcha hududlaridan eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoasi (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahridan 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga ko‘ra, o‘z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Bu grantlar «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magi asosida ajratiladi.

Qo‘llab-quvvatlash dasturi, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin.

Arizalar 2020-yilning 16-sentyabrigacha qabul qilinadi.

«Startap tashabbuslari»ni qo‘llab-quvvatlash dasturi besh yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining «O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish» qo‘shma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +99890 317 39 59, Usmon Rahimjonov, «O‘zbekistonda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish» loyihasi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yo‘nalishi menejeri.

OAV vakillari uchun: +99893 397 75 99, Behzod Umarov, «O‘zbekistonda yoshlarning bandligiga ko‘maklashish» loyihasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi.

Qo‘llab-quvvatlash dasturi haqida batafsil ma’lumot uchun: http://startupinitiatives.uz/

Qo‘llab-quvvatlash dasturi yangiliklarini «Facebook» sahifasida va telegram-kanalida kuzatib boring.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring