SSVning viloyat boshqarma boshliqlariga hayfsan berildi
Sog‘liqni saqlash vazirligiga kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan bir boshqarma boshliqlariga intizomiy choralar ko‘rildi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonunda belgilangan muddatlari buzilishiga yo‘l qo‘yganligi uchun vazirning tegishli buyruqlari bilan Andijon (S.Yusupov), Jizzax (O.Maxmudova), Namangan (A.Iminov), Samarqand (D.Jumaniyazov) va Surxondaryo (K.Abduvoxidov) viloyatlari sog‘liqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga hayfsan e’lon qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter