Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV Yorqin Tursunovning koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi

SSV Yorqin Tursunovning koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi

Vafot etgan Moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi buni tasdiqlagan. 

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 55 yoshli Yo.T. (erkak)da joriy yil 20-iyul kuni tana harorati ko‘tarilgan va xususiy tibbiyot muassasasi shifokorlarining tavsiyasi asosida uy sharoitida va xususiy shifoxonada davolangan.

27-iyul kuni esa o‘ta og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. Unga «COVID-19» infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, o‘pka shishi, giperglikemik koma kabi asoratlar bilan kechgan.

Shuningdek, bemor qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, giperglikemik komadan vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring