Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV yangi statistikani ochiqladi, o‘limlar kamaydi

SSV yangi statistikani ochiqladi, o‘limlar kamaydi

Foto: Xabar.uz

2021-yil 30-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174408 (+513) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

20 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
14 nafari Andijon viloyatida,
12 nafari Buxoro viloyatida,
10 nafari Jizzax viloyatida,
7 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
13 nafari Namangan viloyatida,
37 nafari Samarqand viloyatida,
15 nafari Sirdaryo viloyatida,
8 nafari Surxondaryo viloyatida,
31 nafari Farg‘ona viloyatida,
15 nafari Xorazm viloyatida,
104 nafari Toshkent viloyatida,
223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1242 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring