SSV rasmiy bayonot bilan chiqdi
Namangan viloyatining Chust tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar bilan sodir bo‘lgan zaharlanish holati yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deyiladi bayonotda.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qabul qilingan bolalarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha davo muolajalari olib borilmoqda.
Ularga yakuniy tashxis qo‘yish maqsadida belgilangan talablar asosida namunalar olinib, ekspertizadan o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda bolalarning holati qoniqarli, ulardan 10 nafarining ahvoli yaxshilangani sababli uyiga ruxsat berilgan.
Qayd etilishicha, tumanda sodir bo‘lgan ushbu holat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha tumandagi ayrim bog‘chalarning yuz nafarga yaqin tarbiyalanuvchilari orasida tana haroratining ko‘tarilishi, qusish, qorin og‘rig‘i alomatlari kuzatilgan va ular shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter