Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV kunlik statistikani e’lon qildi

SSV kunlik statistikani e’lon qildi

Kecha yurtimizda 531 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 5 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

2021 yil 13 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165421 (+531) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 14 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 13 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 41 nafari Samarqand viloyatida,
  • 22 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 55 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 93 nafari Toshkent viloyatida,
  • 214 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 157759 (+620) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1164 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring