Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV: Koronavirusdan 7 nafar, pnevmoniyadan 3 kishi vafot etdi

SSV: Koronavirusdan 7 nafar, pnevmoniyadan 3 kishi vafot etdi

Kecha yurtimizda 899 nafar kishida koronavirus aniqlandi, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

2021 yil 2 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 131978 (+899) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 94 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 42 nafari Andijon viloyatida,
  • 24 nafari Buxoro viloyatida,
  • 97 nafari Jizzax viloyatida,
  • 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 32 nafari Namangan viloyatida,
  • 93 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 86 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 45 nafari Xorazm viloyatida,
  • 99 nafari Toshkent viloyatida,
  • 121 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 125572 (+844) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 893 nafarni tashkil qildi.

***

2021 yil 2 avgust kuni 516 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 11883 nafarga yetdi. Kecha ularning 324 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 4577 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 79 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring