Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV koronavirus yuqtirganlar sonini ma’lum qildi

SSV koronavirus yuqtirganlar sonini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

2020-yil 13-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2612 (+16) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

16 nafar yangi kasallanish holatlarining 11 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 5 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Ayni paytda yurtimizda 2076 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Mamlakatimizda davolanayotgan 525 nafar bemordan 12 nafari og‘ir ahvolda. Shifokorlarimiz tomonidan barcha bemorlarga standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring