Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV: dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi eng foydasiz chora

SSV: dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi eng foydasiz chora

Foto:«Sputnik»

Profilaktika maqsadida qo‘llaniladigan ayrim choralar samarasiz ekanini, qaytaga salbiy oqibatlari ko‘proqligini vaqt ko‘rsatib qo‘ymoqda.

SSV matbuot kotibi Furqat Sanayevga ko‘ra, shunday choralardan biri dezinfeksiya tunnellaridir.

Hozirda bunday tunnellar deyarli har bir tashkilot, xususan, umumiy ovqatlanish ob’yektlari, aeroport, temir yo‘l vokzallari, bozorlar, super market kabi qator muassasa binolari oldida o‘rnatilgan. Hatto kirish yo‘laklarining boshqa qismlari qizil lentalar bilan o‘ralib, odamlarga shu tunnel orqali o‘tishdan boshqa yo‘l qoldirilmagan. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida so‘zlab berdi:

— Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, xanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan, — deydi mutaxassis.

— Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda ko‘p yillardan beri ishlatiladi va uning inson organizmiga xatarli ta’siri juda kuchli.

Kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o‘tishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqaradi. Allergolok Ilmira Raziqova buning asoratlari o‘ta xavfli tus olib ketishidan ogohlantiradi.

Mutaxassisning aytishicha, bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan xolatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va xattoki og‘ir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.

Maktablar faoliyatini qayta tiklash masalasi o‘rtaga chiqqanda, bolalarning sog‘ligiga salbiy ta’sirlari inobatga olinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi ta’lim muassasalari oldida dezinfeksiya tunnellarini o‘rnatish qat’iyan man etilishini ta’kidlagan edi.

Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti ham bunday tunnellarning samaradorligi isbotlanmaganligini bildirdi.

— Dezinfeksiya tunnellarini metro yoki boshqa muassasa binolari oldida o‘rnatilishi shart emac deb hisoblaymiz, — deydi allergolog Ilmira Raziqova.

—Hozirda bunday noto‘g‘ri profilaktika ko‘z konyuktivasi va yuqori nafas a’zolarining allergik shikastlanishiga sabab bo‘lmoqda. Tunnellar o‘rniga kirish joylarida

- o‘zaro masofani saqlash,
- isitmani o‘lchash,
- qo‘llarga antiseptik bilan ishlov berish

yo‘lga qo‘yilgani maqsadga muvofiq, — deb aytmoqda mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring