Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sportchi qiz erdan kaltak yemaslik usullarini ko‘rsatdi (video)

Sportchi qiz erdan kaltak yemaslik usullarini ko‘rsatdi (video)

Xalqaro darajadagi sport ustasi Asal Saparboyeva O‘zbekiston va butun dunyoga to‘yda kaltakdan himoyalanish usullarini ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun kuni Surxondaryoda bo‘lib o‘tgan to‘yda kuyov kelinga o‘yinda yutqazib qo‘ygani uchun qizning boshiga urgandi. Mazkur hodisa nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham keng muhokama qilingan. Jumladan, rus madaniyat vakillari tomonidan keskin tanqidga uchragan.

Shuningdek, video Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiyada, qolaversa, Janubiy Koreya, Amerika, Sharq davlatlari YouTube kanallari va rasmiy nashrlarida mashhur bo‘lgandi.

Keyinroq kuyovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sudga yuborilgan edi.

Lekin kelinning da’vo arizasi bo‘lmagani uchun sud tomonidan ma’muriy jarimaga tortilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring