Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport vazirligi tomonidan «Sport haftaligi» e’lon qilindi

Sport vazirligi tomonidan «Sport haftaligi» e’lon qilindi

O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab respublikaning barcha hududlarida sport musobaqalari va sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilmoqda.

Ushbu musobaqalarda aholining barcha qatlamlari ishtirokini ta’minlash va uni ommaviylashtirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan joriy yilning 24-30-avgust kunlari «Sport haftaligi» deb e’lon qilindi.

Ushbu sport haftaligi doirasida O‘zbekistonning barcha hududlari qamrab olinmoqda. Xususan, Toshkent shahrining 11 ta tumanidan sportning mini-futbol, yengil atletika, voleybol, stol tennisi va armrestling turlaridan jamoalar ishtirok etadilar.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25-avgust kuni Olmazor tumanida 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabida «Quvnoq startlar» musobaqalari, 26-avgust kuni «Paxtakor» markaziy stadionida ommaviy yugurish musobaqalari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring