Sport maktabining 34 yoshli direktori vafot etdi
Sirdaryo viloyati Shirin shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabining direktori Umidjon Aripov vafot etdi. U endigina 34 yoshni qarshi olgandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Umidjon Aripov 1987 yili Shirin shahrida tug‘ilgan. Butun mehnat faoliyatini ta’lim va sport sohasiga bag‘ishlagan. Uning qo‘l ostida ko‘plab yosh chempionlar, sovrindorlar yetishib chiqqan.
Ma’lum qilinishicha, U.Aripovning bevaqt o‘limiga sabab – yurak yetishmovchiligi bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter