Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari sotuvi ertadan qayta tiklanadi

Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillari sotuvi ertadan qayta tiklanadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda xaridorgir hisoblangan Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillarini xarid qilish uchun ertaga, 3 martdan shartnoma berish jarayoni qayta tiklanadi. Bu haqda UzAuto Motors vakili ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevral oyi boshlarida «UzAuto Motors» dilerlari yangi dasturiy ta’minotga o‘tayotgani sababli Spark, Nexia, Cobalt va Lacetti avtomobillariga shartnoma berish vaqtincha to‘xtatilgani xabar qilingandi.

Avvalroq O‘zbekistonda sotuvga qo‘yilishi kutilayotgan «Chevrolet Onix» avtomobilining narxi ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring