Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«So‘z erkinligiga tahdid»: Komil Allamjonov blogerlarning telegram-akkauntlarini buzib kirishga urinishlarni qoraladi (video)

«So‘z erkinligiga tahdid»: Komil Allamjonov blogerlarning telegram-akkauntlarini buzib kirishga urinishlarni qoraladi (video)

Skrinshot

Komil Allamjonov (Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish fondi rahbari) O‘zbekistonda blogerlarning telegram-akkauntlarini buzib kirishga urinishlar bo‘layotganiga munosabat bildirdi.

«Kuni kecha bir necha blogerlarning Telegram tarmog‘idagi akkauntini buzishga urinishlar bo‘lgani haqida yozishdi. Buni kim, nima maqsadda qilgani hozircha aniq emas, lekin buni bevosita OAV va blogerlarga, so‘z erkinligiga tahdid sifatida baholash mumkin. Bugungi kunda OAV va blogerlarning «ovozini o‘chirishga» urinish hech qanday natija bermasligini tushunish vaqti keldi.

Chunki hozirgi texnologiyalar asrida informatsiyani sun’iy yo‘l bilan to‘sishning imkoni yo‘q. Bu yo‘l bilan faqatgina boshqalarga, aniqroq aytganda, xorijdagi bizga do‘st bo‘lmagan OAVlarga yo‘l ochib bergan va ularni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lib qolamiz. O‘zimizda informatsion tanqislik yuzaga keladigan bo‘lsa, ilojsiz auditoriya aynan xorij manbalaridagi ma’lumot bilan ishlashni boshlaydi. Bu esa vaziyatni faqatgina yomonlashtiradi.

Eng ma’qul yo‘l esa, jamiyatga ko‘zgu tutib turgan OAV va blogerlar ko‘tarib chiqayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish orqali vaziyatni yo‘lga solishdir. Bunda jurnalist va blogerlarni dushman bilmasdan, ularni do‘stdek qabul qilishga ko‘nikishimiz kerak. Do‘stlarning Telegram akkauntlari esa «vzlom» qilinmaydi».

Komil Allamjonovning fikrlari bilan quyidagi video orqali batafsil tanishishingiz mumkin:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring