Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta pasport orqali «Umra»ga bormoqchi bo‘lganlar 10 yilga «deport» qilindi

Soxta pasport orqali «Umra»ga bormoqchi bo‘lganlar 10 yilga «deport» qilindi

Skrinshot.

O‘zbekiston fuqarolari I.X.I., A.M.A., U.X.J., Tojikiston fuqarosi Siratulloi Mansurullo hamda bir nechta Qirg‘iziston  fuqarolaridan tarkib topgan uyushgan jinoiy guruh a’zolari o‘zaro til biriktirgan.

Ular Saudiya Arabistoni tomonidan Qozog‘iston va Rossiya fuqarolariga soddalashtirilgan kirish rejimi (elektron viza) qo‘llanilganidan foydalanib, «Umra» ziyoratiga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga muayyan haq evaziga Qozog‘iston va Rossiya soxta fuqarolik pasportlarini tayyorlab berishgan. Shu orqali muntazam ravishda O‘zbekiston fuqarolarini noqonuniy yo‘llar orqali «Umra» ziyoratiga yuborish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Jumladan, DXX tomonidan shu yilning 1-yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroporti orqali «Toshkent-Al-Quvayt» yo‘nalishida Qozog‘iston Respublikasining qalbaki pasportlari bilan 40 nafar O‘zbekiston fuqarolarini «Umra» ziyoratiga ketishi rejalashtirilganligi aniqlanib, ulardan qalbaki pasportlar olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari joriy yilning 6 fevral kuni Saudiya Arabistoniga «Umra» ziyorati uchun otlangan 47 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Birlashgan Arab Amirliklari orqali Saudiyaga chiqib ketayotganda soxta pasportlar bilan ushlanib, mamlakatimizga «deport» qilingan. Mazkur shaxslarning ezgu niyatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalangan jinoiy gurux a’zolariga choralar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida bir nechta uyuushgan jinoiy guruh a’zolari fuqarolarimizdan «Umra» ziyoratiga noqonuniy tarzda, ya’ni qalbaki pasportlar va vizalar bilan olib chiqib ketilayotgan qo‘lga olingan va ularga nisbatan IIV viloyat boshqarmalari bilan xamkorlikda qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Eng achinarli xolatlardan biri, davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, fuqarolarimiz tomonidan xozirgi kunga qadar muqaddas ziyoratlarga noqonuniy yo‘llar bilan chiqib ketish xolatlari kuzatilmoqda. Qalbaki pasportlar bilan ushlangan fuqarolarimizga Saudiya Arabistoni tomonidan 10 yil muddatga ushbu mamlakatga kirish ta’qiqi qo‘yildi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring