Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soxta axborot uchun o‘lim jazosi?!

Soxta axborot uchun o‘lim jazosi?!

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya LDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy koronavirus haqida ishonchsiz axborot tarqatganlar uchun qat’iy chora ko‘rishni taklif qildi, deb yozadi «RIA Novosti».

«Mamlakatda vahima uyg‘otadigan soxta ma’lumotlar yoyilmasligi uchun koronavirus haqida shubhali axborot tarqatganlik uchun vaqtincha o‘lim jazosini joriy etish kerak», — deydi Jirinovskiy jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qat’iy choralar zarur, «ular esa yo‘q».

«1941-yilda Moskvani qo‘lga olish xavfi vujudga kelganda Moskva militsiyasiga vahimachilarni otishga ruxsat berilgan... O‘z-o‘zidan vahima yo‘qolgan. Yuzlab odamlar otib tashlangan — va jimjitlik... Busiz vahimali kayfiyatni to‘xtatib bo‘lmasdi. Hozir koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ham xuddi shunday», — deb ta’kidlaydi Rossiya LDP yetakchisi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring