So‘xda zamonaviy mehmonxona quriladi — O‘zmilliybank
O‘zmilliybank Farg‘ona viloyati So‘x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Dasturga asosan O‘zmilliybank tomonidan 2020-2021-yillarda umumiy qiymati 10 450,0 mln so‘m, shundan bank krediti 5 200,0 mln. so‘m bo‘lgan 5 ta loyiha amalga oshiriladi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun tarmoq jadvallari tasdiqlangan.
«Loyihalar fabrikasi» markazi bilan birgalikda 4 ta loyiha bo‘yicha biznes-reja ishlab chiqilgan. Buning uchun bank kredit qo‘mitasi tomonidan kredit ajratish maqullanib bugungi kunda, 2 160,0 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.
Unga ko‘ra quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:
- So‘x tumani dehqon bozori hududida «Savdo majmuasi» qurilishi uchun «Muso xalifa» MChJga 1,2 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratiladi.
- So‘x tumani Oftobru MFY hududida 47 gektar yer maydonida kooperativ usulda mevali bog‘ tashkil etish uchun «So‘x agro qurilish» kooperatsiyasiga 700 mln. so‘m kredit beriladi.
Hozirda ushbu hududga suv chiqarish uchun 485,0 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari moliyalashtirilgan. Kreditni qolgan qismi ko‘chat ekish mavsumida ko‘chat uchun moliyalashtiriladi.
- YaTT «Qosimov Qilichbek Mamirzoda»ga qandolatchilikni tashkil etish uchun 40,0 mln. so‘m moliyalashtirildi.
- «So‘x agroqurilishtexxizmat» ma’suliyati cheklangan jamiyati qurilish materiallari — gazoblok va penoblok ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Hozirda 220,0 mln. so‘m miqdorida kredit olish uchun kerakli hujjatlar tayyorlanib bankka topshirilgan. Bank tomonidan barcha xujjatlar o‘rganilib kredit ajratish ma’qullanib kredit liniyasi ochilgan.
- So‘xda zamonaviy mehmonxona quriladi. Bu ish «OBISHIR BIZNES SERVIS» MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 2,7 mlrd. so‘m bo‘lib, shundan 1,0 mlrd. so‘m O‘zmilliybank AJning kredit mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Loyiha ishga tushgandan so‘ng 20 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter