So‘xda mast haydovchi IBB xodimlarini haqoratlab, jarohat yetkazdi
Farg‘ona viloyati So‘x tumanida tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari M.G‘ va T.Ilar YPX inspektori G.M. bilan birga «Rovon» MFY hududida xizmat olib borayotgan bo‘lgan.
Haydovchi N.S boshqaruvidagi «Nexia-3» rusumli avtomashina IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Haydovchi N.S mast holda profilaktika inspektorlari T.I va M.G‘.ni haqorat qilib ulardan biriga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi «g» bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter