So‘x tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 3-iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi, deb xabar bermoqda O‘zA.
2019-yildan buyon tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.
U 1970-yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Avval xabar qilinganidek, 2020-yil 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mahalliy darajadagi hodisa yuz berdi. Mojaro «Chashma» bulog‘ini ariqlarini birgalikda tozalash paytida kelib chiqqan.
Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi.
Vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter