Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sovuq sabab» — vazirlik elektr va gaz uzilishlari sababini aytdi

«Sovuq sabab» — vazirlik elektr va gaz uzilishlari sababini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Energetika vazirligi izohiga ko‘ra, kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

«Buning natijasida, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday hollarda, elektr energiyasini ishlab chiqarish ob’yektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Xuddi shuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimining pasayishi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barcha yoqilg‘i-energetika obektlarida maxsus navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz», deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring