Sovuq harorat ertaga ham davom etadimi? «O‘zgidromet» ma’lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 19-noyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri.
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Sirdaryo.
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Samarqand.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° sovuq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter