Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

So‘nggi voqealar fonida ko‘plab «aytichi»lar O‘zbekistonni tanlayapti

So‘nggi voqealar fonida ko‘plab «aytichi»lar O‘zbekistonni tanlayapti

Yevropaning mashhur Euronews nashri ko‘plab «ayti» mutaxassislarining O‘zbekistonga kirib kelishi haqida reportaj tayyorlagan. Ularning orasida rus va ukrain mutaxassislari ham bor.

«Aslini olganda Toshkentda yashash kutganimizdan ham yaxshi ekan. Bu mamlakat bizni xuddi o‘zinikidek qabul qildi. Juda mehmondo‘st xalq ekan», degan Toshkentdagi IT Park mutaxassisi Anastasiya Markova.

IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupovning aytishicha, so‘nggi voqealardan keyin O‘zbekistonda davlat darajasida professonallar va IT kompaniyalarni qabul qiladigan maxsus dastur ishlab chiqilgan.

«Bu yerga kelgan yuqori va o‘rta malakali mutaxassislar sababli yosh mahalliy mutaxassislarning darajasini oshirish uchun juda yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi», degan Bahodir Ayupov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring