Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi viloyatlarda koronavirus ko‘proq aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi (jadval)

Qaysi viloyatlarda koronavirus ko‘proq aniqlanayotgani ma’lum bo‘ldi (jadval)

So‘nggi bir sutka davomida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining 37ta yangi holati qayd etildi va jami 2039 nafarni tashkil qildi. Bemorlar qaysi viloyatlarda aniqlandi? Bunga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati taqdim etgan jadval orqali oydinlik kiritish mumkin.

Unga ko‘ra, o‘tgan 24 soat ichida (30 aprel, 23 00 holatiga) Buxoroda – 13ta, Toshkent shahrida – 10ta, Samarqandda – 6ta, Namanganda – 3ta, Surxondaryoda – 3ta, Andijonda – 2ta, koronavirus infeksiyasini yuqtirish bo‘yicha yangi holat aniqlangan. Boshqa viloyatlarda kasallanish chiqmagan.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval – 29 aprel 23 30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 2002 nafarga yetgandi. Eng ko‘p kasallanish Samarqandda aniqlangandi.

Mamlakatimiz bo‘ylab ayni vaqtda koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1133 nafarni tashkil etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring