So‘nggi 12 yilda Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida 250 dan ziyod qurolli nizo yuz bergan
So‘nggi 12 yilda Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida 250 dan ziyod qurolli nizo yuz berdi. Ushbu raqamlarni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sodiq Imomiy tilga oldi.
Imomiyning ta’kidlashicha, har ikki davlat hukumatlari demarkatsiya bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda — 500 kilometrdan ortiq chegara chizig‘i borasida kelishuvga erishildi. Biroq asosiy uchastkalar muammoligicha qolmoqda — oldinga siljish yo‘q.
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi vaziyat juma, 16-sentyabr kuni keskinlashgandi. Har ikki tomon bir-birinchi chegaradagi aholi maskanlarini o‘qqa tutishda ayblamoqda.
Qirg‘iziston o‘z fuqarolaridan 59 nafari halok bo‘lgani, 163 nafari jarohatlanganini ma’lum qildi, Tojikiston esa o‘z fuqarolari orasida halok bo‘lganlar soni 35 nafar, jarohatlanganlar 30 nafarga yetgani haqida bayonot berdi.
ShHTning Samarqanddagi sammitida qatnashayotgan Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari 16-sentyabr kuni chegaradagi vaziyat yuzasidan yuzma-yuz muzokara o‘tkazgan va tegishli tuzilmalarga o‘t ochishni to‘xtatish, qo‘shin va vositalarni to‘qnashuv chizig‘idan olib chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishga kelishib olishgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter