Soliq idorasi mansabdori pora olayotganida ushlandi

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tuman soliq ispeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari hamda shu ishga aloqador shaxs pora olayotganida qo‘lga tushdi.
Qamashi tumanida yashovchi, 1981-y.t. muqaddam sudlangan shaxs 360 mln so‘mlik soliq qarzdorligini to‘lamaganligi sababli Iqtisodiy sud tomonidan bankrot deb topilgan g‘isht ishlab chiqaruvchi MChJning soliq qarzdorligini to‘liq to‘lamasdan, zavodga nisbatan qo‘yilgan taqiqni o‘zining mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib, uning faoliyatini tiklab berish evaziga MChJ rahbaridan 4 000 AQSh dollari talab qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Tezkor tadbir davomida ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan Qamashi tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari ham 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan ikki qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter