SSV bog‘chada bo‘ëq suyultirgich ichib qo‘ygan bola yuzasidan ma’lumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada bo‘ëq suyultirgich ichib qo‘ygan 5 yashar bola og‘ir ahvolda reanimatsiyada ekanligi haqida xabarlar tarqalgan. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy bayonot berdi.
Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi 5 yashar Lochinbek Sharipov 32-sonli «Qaldirg‘och» bolalar bog‘chasida bilmasdan bo‘ëq suyultirgich (razbavitel) ichib qo‘ygani oqibatida 22 avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga murojaat qilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Unga bo‘yoq eritish vositasidan zaharlanish tashxisi qo‘yilgan.
Bo‘limda shifokorlar tomonidan bemorning oshqozoni yuvilib, zudlik bilan intensiv davo muolajalari olib borilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida bemor ahvoli yaxshilandi va ertasi kuni bolalar bo‘limiga o‘tkazilgan. Mazkur bo‘limda ham davo muolajalari davom ettirilgan holda 24 avgust kuni shifokorlar tekshiruviga ko‘ra, ahvoli qoniqarli deb topilib, uyiga ruxsat berilgan.
Bundan tashqari, 28 avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh mutaxassislari Sharipov Lochinbek Jasurbek o‘g‘lining uyiga borib, uni qo‘shimcha ko‘rikdan o‘kazishgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bolaning ahvoli qoniqarli va sog‘lom. Ayni paytda u shifokorlarning doimiy nazoratida.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter