Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari ommaviy sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati ommaviy sport bilan faol shug‘ullanib, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda tashabbus ko‘rsatmoqda, deb xabar qilmoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
«Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport, shaxsiy gigiyenaga amal qilish, chiniqish hamda turli zararli odatlardan voz kechish hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ushbu jihatlarga rioya qilsak, ko‘plab xavfli xastaliklar, jumladan, miokard infarkt, insult, qandli diabet, onkologik kasalliklarning oldini olgan bo‘lamiz. Jismoniy faol insonning dunyoqarashi va fikrlashi ham sog‘lom, mehnatida esa unum bo‘ladi», - deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov.
Mashg‘ulotlarda vazirlik markaziy apparati xodimlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari rektor va prorektorlari hamda respublika davolash muassasalari bosh shifokorlari ham qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter