Sog‘liqni saqlash vaziri «Facebook»da o‘z sahifasini ochdi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida o‘z rasmiy sahifasini ochdi.
«Xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini o‘rganish, inson manfaatlarini ta’minlash har bir rahbarning ustuvor vazifasidir.
Siz bilan doimiy muloqotda bo‘lib, sog‘liqni saqlash sohasida Sizni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z shaxsiy sahifamni ochdim.
Endi tibbiyot sohasidagi yangilik, reja, taklif, murojaat va munosabatlarni ushbu sahifada birgalikda muhokama qilamiz», - deya yozgan Shodmonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter