Sog‘liqni saqlash vaziri: «Endi har bir shifokorga bajargan ishiga qarab maosh to‘lanadi»
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov «Kun.uz» nashriga bergan intervyusida shifokorlar maoshi masalasida gapirar ekan, endilikda tibbiyot xodimlariga maosh to‘lashda reyting tizimi joriy etilishini ta’kidlagan.
«Mana bu yil prezidentimiz qarori shifokorlar maoshi alohida, o‘zlari uchun oshirildi. Keyingi yil 1-apreldan oylik yana oshadi. Qaror bilan maxsus jamg‘arma tashkil qilindi. Ilgari hammaga teng oylik berilardi. Endi yangi tizim yaratildi, har bir shifokor va hamshiraning faoliyati reyting asosida baholanadi. Buning mezonlari, indikatorlari bor, ularning bajargan ishiga qarab oylik to‘lash amalga oshiriladi» degan vazir.
Alisher Shodmonovning fikricha, bu holatda shifokorlar o‘z maoshini ikki-uch barobargacha oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter