Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari tayinlandi

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari tayinlandi

Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Ahmedov Azizbek Azamatovich tayinlandi.

Azizbek Azamatovich shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Azizbek Axmedov 1990-yilda tug‘ilgan. 2012-yil Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi bo‘limini avtomatlashtirish va boshqaruv yo‘nalishida tamomlagan. Ish faoliyatini 2009-yil Navoiy davlat konchilik instituti Kadrlar bo‘limidan boshlagan. Chet tillaridan rus va ingliz tillarini biladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring