Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«So‘g‘diyona» PFK qoshida futbol akademiyasi ish boshladi

«So‘g‘diyona» PFK qoshida futbol akademiyasi ish boshladi

«So‘g‘diyona» futbol akademiyasi

Foto: «So‘g‘diyona» PFK Matbuot xizmati

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining talabi bo‘yicha har bir klub qoshida o‘z futbol akademiyasiga ega bo‘lishi darkor. Xuddi shunday akademiyalardan biri «So‘g‘diyona» PFK qoshida ham ish boshladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.

«Jizzax viloyati futbol maktablari shu kungacha ko‘plab iqtidorli futbolchilarni yetishtirib kelmoqda. Ular nafaqat viloyatimiz, balki O‘zbekiston milliy terma jamoalarida, xalqaro maydonlarida o‘z o‘yinlari bilan muxlislarni xursand qilishmoqda. Ko‘plab futbolchilar Rossiya Premer ligasida, Qatar yulduzlar ligalarida to‘p surib kelishmoqda. Jasur Hasanov, Sardor Rashidovlarning futbol olamiga ilk saboqlarni bergan murabbiy Usmon Muhammedshin ham akademiyada yosh charm to‘p ustalariga saboq berib kelmoqda», — deyiladi xabarda.

Foto: «So‘g‘diyona» PFK Matbuot xizmati

Ayni paytda U-10 va U-14 jamoalariga Ulug‘bek Almatov, U-14 va U-16 jamoalarga Jasur Ahmedov, U-18 yosh toifasidagi futbolchilarga Usmon Muhammedshin murabbiylik qilib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring