Sochida sinfdoshlarini o‘ldirishni rejalashtirgan o‘quvchi hibsga olindi
Federal xavfsizlik xizmati Sochida portlovchi moslama bilan sinfdoshlariga hujum qilishni rejalashtirgan litsey o‘quvchisini hibsga olgan. Bu haqda TASSga Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar markazi (DSP) xabar bergan.
«Sochi shahridagi Federal xavfsizlik xizmati tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida VKontakte ijtimoiy tarmog‘ida portlovchi moddalarni yasash va sinfdoshlariga hujum qilish niyati haqida ma’lumot joylashtirgan litseylardan birining talabasini hibsga oldi», — deyiladi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabarida.
Xabarga ko‘ra, uning uyidan qo‘lbola portlovchi uskuna va qo‘lbola portlovchi moslamalar yasash uchun butlovchi qismlar musodara qilingan.
Bundan tashqari, ular aloqa vositalari, portlovchi moslamalarni yig‘ish va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar yozilgan shaxsiy kundalik, shuningdek, ta’lim muassasalariga qurolli hujumlar to‘g‘risida materiallarni topishgan. Hozirda jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasi o‘rganilmoqda.
FSB o‘z xabarida o‘spirinning VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida saqlagan kundaligining skrinshotlarini namoyish etgan. Unda yigitcha qanday qilib portlovchi moddalarni tayyorlaganligi va buning uchun nima kerakligi haqida xabarlar berib borgan. «Dahshatli, ammo zarur», deb yozgan o‘spirin fotosuratlardan biri ostidagi izohida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter