Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soch rangida nechta gen bor?

Soch rangida nechta gen bor?

Foto:«In style»

«Science Daily» gazetasining xabariga ko‘ra, tadqiqotchilar asli yevropalik bo‘lgan 300 mingdan ziyod kishining DNK ma’lumotlarini tahlil qilgan. Bu haqda «Sabah» xabar berdi.

Soch ranglarini genetik ma’lumotlarga solishtirgan tadqiqotchilar unda 124 genning ta’sirini aniqlashdi. Avval bu son 100 ga ham yetmasdi.

Angliyaning «Kings Collage» universiteti (Qirollik kolleji) xodimi Tim Spektorning aytishicha, bu pigmentatsiya haqida bugungacha bo‘lgan eng buyuk tadqiqot ekan. Bu tadqiqot teri saratonining tajovuzkor shakli bo‘lgan melanoma kabi kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring