Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shodmonov AQSh prezidenti maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish boshlanganini esladi

Shodmonov AQSh prezidenti maqtovidan keyin gidroksixloroxinni sotib olish boshlanganini esladi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan ilk kunlarda ko‘rilgan choralarni esladi.

«Ilk kunlarda JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablag‘ ajratib bergan. Biz IVL, PSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak edi. Ming afsus, o‘sha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yo‘q edi. Shu vaqtda AQSh prezidenti birinchi bo‘lib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi.

Dunyoda samara beradigan dorining ilmiy asosi yo‘q edi. Orqasidan favipiravir, orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori... nafaqat sotib olindi va zaxira yaratildi, balki bu dorilar O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi. Og‘ir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik», — dedi sobiq vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring