Sobiq vazir yangi lavozimga tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Alimov Anvar Valiyevich Akademik Yo. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Anvar Alimov 1955 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1978 yilda hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan.
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi, tibbiyot fanlari doktori.
Mehnat faoliyatining ilk davrida Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida dekan, keyinroq O‘zbekiston Respublikasi prezidenti devonida konsultant, yetakchi konsultant (1994-1999), Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori (2000-2009), O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari (2009-2012) kabi mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2012-2016 yillarda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan, 2006-2020 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimida ishlagan.
Professor Anvar Alimov 2020 yildan hozirga qadar Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter