Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sobiq rais»: Kim Chen In maqomini o‘zgartirdi

«Sobiq rais»: Kim Chen In maqomini o‘zgartirdi

Foto: «Vesti»

Koreya Mehnat partiyasi VIII s’yezdining olti kunlik sessiyasida Ijroiya siyosiy kengashi nomini kotibiyatga o‘zgartirish qaroriga kelinib, «Kim Chen Inni Mehnat partiyasining bosh kotibi sifatida ulug‘lash» taklifi ilgari surildi.

Ilgari bosh kotib maqomiga Kim Chen Inning otasi — Kim Chen Ir, undan ham burun KXDR asoschisi — Kim Ir Sen (Kim Chen Irning otasi) loyiq topilgan.

Oxirida partiyadoshlari qarshisida so‘zga chiqqan KXDR Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarini yaratishni nihoyasiga yetkazganini ma’lum qildi. Ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya milliy qudrati «shu paytgacha eng yuqori darajasiga chiqqan».

Yangi bosh kotib mamlakat hukumatining galdagi asosiy vazifasi yadroviy kallaklarni olib uchadigan raketalar radiusini 15 ming kilometrgacha oshirish ekanini aytdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring