Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prokurorlardan yana biri Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani tasdiqlanmadi

Sobiq prokurorlardan yana biri Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani tasdiqlanmadi

Foto: «prokuratura.uz»

Ayrim xorijiy nashrlar tomonidan O‘zbekistonning sobiq bosh prokuroriga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ortidan Bosh prokuraturaning sobiq boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani va Rashidjon Qodirov, Ulug‘bek Sunnatov, Jamshid Fayziyev bilan birgalikda tergov qilinayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

«Xabar.uz» mazkur masalaga oydinlik kiritish uchun Bosh prokuraturaning Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi bilan bog‘landi. Bizga xabar berishlaricha, Ulug‘bek Xurramovning hibsga olingani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq. Besh kundirki, bu boradagi ma’lumotlar tarqatilayotgan bo‘lsa-da, rasman birorta hujjat kelib tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Xurramov Bosh prokuraturaning korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2012-yilning 22-avgustida Prezident farmoniga ko‘ra «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring