Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prezident ekskursovodlik qilyapti

Sobiq prezident ekskursovodlik qilyapti

Islandiyaning sobiq prezidenti Gvyudni Yoxannesson mamlakatdagi Tingvedlir milliy parkida ekskursovod sifatida ish boshladi. 56 yoshli siyosatchi 2016-2024 yillarda Islandiyaga rahbarlik qilgan.

“Iceland Mirror” gazetasining yozishicha, Gvyudni Yoxannesson 2024 yilning yozida, prezidentlikdan ketish arafasida Tingvedlir parkiga tashrif buyurgan.

Parkning mas’ul xodimi bilan suhbat asnosida u prezidentlikdan ketgach, ish topishi lozimligidan gap ochgan. Park xodimi unga milliy parkda ishlashni taklif qilgan. Shu tariqa sobiq prezident gid sifatida ishlashga qaror qilgan.

Gvyudni Yoxannesson milliy parkdagi faoliyatini davlat xizmatining davomi deb hisoblaydi.

“Islandiya va ushbu park tarixi haqida mehmonlarga hikoya qilish berish men uchun sharafli vazifadir. Mehmonlarning aksari meni tanimaydi ham va bu menga ma’qul”, – deydi sobiq prezident.

BBC’ga ko‘ra, sobiq prezident gid sifatida mehmonlarga milliy park haqida so‘zlab beradi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda ilk tibbiy yordam ko‘rsatish va jamoat hojatxonasi tozaligiga qarash ham uning majburiyatlari sirasiga kiradi.

Yoxannesson, shuningdek, ekskursovodlikka qo‘shimcha ravishda Islandiya universitetida kichik professor lavozimida ham faoliyat yuritadi.

Ma’lumot o‘rnida: Shimoliy Yevropada joylashgan Islandiya demokratiya va tenglik bo‘yicha reytinglarda an’anaviy ravishda yuqori o‘rinlarni egallab keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring