Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq jahon chempioni qamoqdan chiqarildi, endi Britaniyadan chiqarib yuboriladi

Sobiq jahon chempioni qamoqdan chiqarildi, endi Britaniyadan chiqarib yuboriladi

Foto: RG

Boris Bekker Britaniya qamog‘idan ozodlikka chiqarildi. PA Media yozishicha, u vatani Germaniyaga deportatsiya qilinadi.

«Ulkan toj» turnirlarining olti karra chempioni, yaqin o‘tmish tennis yulduzi Boris Bekker shu yil may oyida Buyuk Britaniyada 2,5 yil muddatga qamalgandi.

2022-yilning aprelida Britaniya sudi Bekkerni yuz minglab yevro va funt sterlinglarni noqonuniy yashirishda aybdor deb topdi. U o‘z kompaniyasini bankrot deb e’lon qilganidan so‘ng, qarzlarni to‘lamaslik uchun, firib bermoqchi bo‘lgandi.

Bekker Britaniya qamoqxonalariga yuklamani kamaytirish dasturi sharofati bilan erta chiqarildi.

G‘arbda moliyaviy jinoyatlar uchun jazo og‘ir — qoralovchi suddan Bekkerni yetti yil muddatga qamashni so‘ragandi. Sud 2,5 yil berdi, yoz-kuz o‘tdi, sobiq tennischi hademay yangi yilni Germaniyada kutib oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring